Yangi Oʻzbekistonning yangi yulduzlari munosib taqdirlandi
Foto: Madaniyat vazirligi
Joriy yilning 28-yanvar kuni poytaxtdagi “Renessans Hall” binosida “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini munosib nomzodlarga tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan tadbirni suxandonlar Samandar Hamroqulov va Nilufar Sotiboldiyeva sunʼiy intellekt boshlovchilar bilan birgalikda olib borishdi.


Bu yil toʻrtinchi marotaba oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti tantanali tadbirida quyidagi 20 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:
“Yilning eng yaxshi erkak maqom xonandasi” — Ozodjon Tillanazarov, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli xonandasi (41 foiz ovoz bilan);
“Yilning eng yaxshi ayol maqom xonandasi” — Nargizaxon Rahmonova, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi (48 foiz);
“Yilning eng yaxshi opera ijrochisi” — Damir Rahmonov, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat Akademik katta teatri opera solisti (79 foiz);
“Yilning eng yaxshi spektakli” — “Ikki qalb nolasi”, Margʻilon shahar musiqali maqom teatri (67 foiz);
“Yilning eng yaxshi teatr aktyori” — Ulugʻbek Ahmedov, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori (47 foiz);
“Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” — Rayhona Ubaydullayeva, Namangan viloyati musiqali drama teatri aktrisasi (54 foiz);
“Yilning eng yaxshi teatr rejissyori” — Qudrat Otajonov, Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri rejissyori (48 foiz);
“Yilning eng yaxshi dramaturgi” — Qoʻchqor Norqobil, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti (63 foiz);
“Yilning eng yaxshi badiiy filmi” — “Amaliyotchi qiz”, film rejissyori — Iqbol Meliqoʻziyev (57 foiz);
“Yilning eng yaxshi sirk artisti” — Abdujalil Jalilov, “Oʻzbek davlat sirk” davlat muassasasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan: uniformist, assistent, II toifali artist (47 foiz);
“Yilning eng yaxshi askiyachisi” — Mansurjon Oxunov, “Shuhrat medali” sovrindori (65 foiz);
“Yilning eng yaxshi qiziqchisi” — Elmurod Haqnazarov, Dizayn guruhi aʼzosi, erkin ijodkor (57 foiz);
“Yilning eng yaxshi rangtasvir rassomi” — Alisher Hamdamov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti oʻqituvchisi (48 foiz);
“Yilning eng yaxshi yosh baxshisi” — Muhammadali Soatov, Reyngold Moritsevich Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi internati oʻquvchisi (55 foiz);
“Yilning eng yaxshi folklor jamoasi” — “Durdona” folklor-etnografik xalq jamoasi (48 foiz);
“Yilning eng yaxshi raqqosasi” — Komila Ibrohimova, “Tumor” raqs ansambli raqqosasi (47 foiz);
“Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi” — Dilnoza Hakimova, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi (47 foiz);
“Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi” — Gʻaybulla Tursunov, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi (54 foiz);
“Yilning eng yaxshi xorijdagi oʻzbek madaniyati targʻibotchisi” — Arman Nurmaxamatuli, Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, TURKSOY tashkiloti boʻlim boshligʻi (50 foiz);
“Yilning eng yaxshi madaniyat markazi” — Jizzax viloyati Forish tumani madaniyat markazi (38 foiz).




“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofotiga sazovor boʻlgan ijodkorlar maxsus statuetka hamda sertifikat, shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantirildi.
Bu galgi tadbirning ahamiyatga molik jihatlaridan yana biri, unda oʻzining xit taronalari bilan dunyo nazarini oʻziga jalb qila olgan xorijiy sanʼatkorlar ham chiqish qilgani boʻldi. Xalqaro mehmonlar qatorida Boshqirdistonning “Ay Yola” guruhi, shu bilan birga, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston xalq artisti Nigina Amonqulova hamda Ozarbayjon xalq artisti Mensum Ibrahimov, Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Memedovalar bor.


Dastur davomida yuqorida nomlari tilga olingan sanʼatkorlarga xalqaro maydonda oʻzbek milliy madaniyati va sanʼati nufuziga oʻzining samarali mehnati bilan munosib hissa qoʻshayotgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni taqdim etildi.
Muhsin Umurzoqov,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring