Tramp oʻziga qarshi ochilgan ishlar uchun 200 million dollardan ortiq tovon talab qilmoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻziga nisbatan oʻtkazilgan federal tergovlar uchun Adliya vazirligidan 230 million dollar miqdorida tovon puli talab qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Xabarga koʻra, Tramp 2023–2024-yillarda oʻz huquqlari buzilgani sababli bir nechta maʼmuriy shikoyatlarni topshirgan. Ular orasida Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan Mara-Lago qarorgohida oʻtkazilgan tintuv va 2016-yilgi saylovlarga Rossiya aralashuvi haqidagi ayblovlar boʻyicha ishlar ham bor.
The New York Times yozishicha, bu shikoyatlar texnik jihatdan sud daʼvolari hisoblanmaydi — ular daʼvo jarayonidan oldingi bosqich sifatida koʻriladi. Ushbu tartibga koʻra, shikoyatlar dastlab AQSH Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi va kelishmovchiliklarni sudgacha hal etish imkoniyati oʻrganiladi.
Nashr maʼlumotiga koʻra, AQSH Adliya vazirligining ayrim yuqori lavozimli amaldorlari ilgari Tramp maʼmuriyatida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring