Tramp maʼmuriyati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorladi

17:27 25 Oktyabr 2025 Dunyo
116 0

Reuters xabariga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlagan. Ushbu cheklovlar Rossiya urushni toʻxtatishdan bosh tortgan taqdirda joriy etiladi.

Maʼlumotlarga koʻra, sanksiyalarning ayrimlari bank tizimi hamda neft yetkazib berish infratuzilmasiga qaratilgan.

Tramp 22-oktyabrda joriy etilgan cheklovlarning natijalarini kuzatish uchun bir necha hafta kutmoqchi. U yangi sanksiyalarni maʼqullashga tayyor, biroq ularni yaqin oy ichida eʼlon qilishi kutilmayapti.

Reuters shuningdek, AQSH rasmiylari Yevropa Ittifoqiga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanib, Ukrainaga yuboriladigan qurollarni xarid qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirganini yozadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?