Tramp KXDR masalasini hal etishga qat’iy qaror qilgan

14:17 21 May 2018 Dunyo
1565 0
Foto: РБК-Украина

Shimoliy Koreya AQSh bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar jarayonidan bosh tortsa, okean orti diplomatik metodlardan voz kechishga majbur bo‘ladi. Respublikachilar partiyasidan saylangan senator Lindsi Gremning aytishicha, bu holda muammoni harbiychasiga hal etish yagona yo‘l bo‘lib qoladi.

Siyosatchi bu agar KXDR vakillari muzokaralarga kelmasa, kelsa ham Donald Trampni aldashga urinsa ro‘y beradi.

“Bu harbiy qarama-qarshilik yagona imkoni bor narsa deganidir, agar Shimoliy Koreya bilan harbiy konfliktga borilsa, ular mag‘lub bo‘ladi, biz emas”, - degan Grem.

Senatorning qayd etishicha, Tramp unga KXDR bilan bog‘liq muammoni o‘z prezidentlik vakolati muddati tugagunga qadar hal yetishga qat’iy qaror qilganini aytgan. Bu haqida “Fox News” telekanali xabar berdi.

Uning fikricha, davlat rahbari muzokaralardan har ikki tomon ham yutishi uchun harakat qilayapti. O‘z navbatida Vashington KXDR yetakchisini hokimiyatdan ag‘darishni rejalashtirmayotganini qayd etib o‘tgan. 

“Biz ularni yadro qurolini yaratish dasturidan voz kechishga majbur qilishga urinmoqdamiz”, - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kim Ge Gvan Kim Chen Inning Tramp bilan uchrashishi shartlarini aytib o‘tgandi. Unga ko‘ra, AQSh Amerika-Koreya munosabatlarini yaxshilashga intilishi lozim. Kim Ge Gvan agar davlat rahbarlari uchrashuvi paytida Vashington yadro dasturidan voz kechish talabini qo‘yishda davom etaversa, KXDR to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralaridan voz kechishini bildirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер