Tramp Kiyevga hujum qurollarini yetkazib beradi

10:19 14 Iyul 2025 Dunyo
128 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga hujum qurollari yetkazib berilishini eʼlon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Axios” portali xabar bermoqda.

Nashrga ikki manbaning aytishicha, Oq uy Kiyevga uzoq masofali raketalarni topshirishga qaror qilgan.

Avvalroq, Tramp AQSH Ukrainani faqat mudofaa qurollari bilan taʼminlashini bir necha bor taʼkidlagan edi. Uning taʼkidlashicha, bu mojaroning kuchayishiga yoʻl qoʻymaydi.

Shu yilning 14-iyul kuni Tramp AQSH Ukrainaga “Patriot” zenit-raketa komplekslarini topshirishini maʼlum qilgandi. Shu bilan birga, u Vashington Kiyevga turli xil qurollar joʻnatishini, buning uchun Ukraina tomoni ularning haqini toʻliq toʻlashini taʼkidlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?