Tuman hokimlari yaxshi ishlagan “yettilik” vakillarini mukofotlaydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari videoselektor yigʻilishida “yettilik” ish vaqtining yarmini turli majlis va tadbirlarda oʻtkazayotganini koʻrsatib oʻtdi.
Yoki “yettilik” xodimlarining aniq vazifalari va KPI belgilangani bilan mahalladagi umumiy natijadorlikni baholaydigan tizim yoʻq.
Hozirda “yettilik” aʼzolarining 1 ming 700 nafari mahalla hududidan 20-30 kilometr uzoqdan qatnaydi. Oqibatda oʻtgan yili 68 nafar “yettilik” vakillari biriktirilgan mahallasiga bir necha oy kelmagan.
Mutasaddilarga “yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizimni ishga tushirish topshirildi.
Tuman hokimlari yil yakuniga koʻra, yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ning barchasini mukofotlash, ularga qoʻshimcha ustamalar berishni yoʻlga qoʻyadi.
“Shunda “yettilik” hamjihat va yagona jamoa boʻlib ishlaydi”, dedi Prezident.
Bundan buyon “yettilik” xodimlari bilan har bir yoʻnalish boʻyicha alohida yigʻilish oʻtkazish taqiqlanishi belgilandi.
“Islohotlarimizning ostonasi boʻlgan har bir mahallaga Yangi Oʻzbekiston nafasini olib kirish, eng avvalo, “mahalla yettiligi”ning yagona jamoa boʻlib ishlashiga bevosita bogʻliq”, dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, mahalla raisi boshchiligidagi “yettilik”ning har bir vakili oʻziga masʼuliyat olib, yuqorida qoʻyilgan vazifalar ijrosi boʻyicha murojaat bilan chiqib, bir yillik dasturini aholiga eʼlon qilishi muhimligi taʼkidlandi.
Viloyat va tuman hokimlari ham har bir mahalla kesimida qiladigan har oylik ishlarini mahalliy kengashlarda himoya qilib, odamlarga murojaat yoʻllaydi. Har oyda mahalla aholisi bilan bevosita uchrashib, ommaviy axborot vositalari orqali qilingan ishlar boʻyicha xalqqa hisobot berish topshirildi.
Yigʻilish davomida hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, mahalla raislari bilan muloqot qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring