Tramp: Dohaga zarbalar haqidagi qarorni men emas, Netanyahu qabul qilgan
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Doha (Qatar)ga zarbalar berish haqidagi qaror unga emas, balki Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga tegishli ekanini maʼlum qildi. Bu haqda u Truth Social tarmogʻida yozdi.
“Bu qarorni men emas, bosh vazir Netanyahu qabul qildi”, — dedi Tramp.
Uning soʻzlariga koʻra, Qatarga qarshi bir tomonlama bombardimonlar — “suveren davlat va AQSHning yaqin ittifoqdoshi, tinchlik yoʻlida katta tavakkalchilikka qoʻl urayotgan mamlakat”ga nisbatan amalga oshirilgan harakatlar — Vashington hamda Isroil manfaatlariga xizmat qilmaydi.
Trampning taʼkidlashicha, u maxsus vakili Stiv Uitkoffga Qatarni hujum haqida “darhol” xabardor qilishni topshirgan, biroq maʼlumot kech yetkazilgani bois zarbalarning oldini olish imkoni boʻlmagan.
Prezident AQSHning asosiy maqsadlari sifatida:
— HAMAS tomonidan ushlab turilgan barcha garovdagi shaxslarni ozod qilish,
— halok boʻlganlarning jasadini qaytarish,
— Isroil bilan urushni darhol toʻxtatish zarurligini qayd etdi.
Tramp shuningdek, Isroil zarbasidan soʻng Netanyahu bilan suhbatlashganini, u esa tinchlikka erishish istagini bildirganini aytdi.
“Men bu fojia tinchlikka erishish uchun imkoniyat boʻlishi mumkin, deb ishonaman”, — deya taʼkidladi AQSH prezidenti.
Tramp qoʻshimcha qilib, Qatar amiri va bosh vaziri bilan ham telefon orqali muloqot qilganini maʼlum qildi.
“Men ularga mamlakatimiz bilan doʻstona munosabatlari uchun minnatdorchilik bildirdim va ularga bunday hodisa ularning yurtida qayta takrorlanmasligini kafolatladim”, — dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring