Tramp bugun Zelenskiy bilan uchrashadi
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun BMT Bosh assambleyasi doirasida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Leavitning maʼlum qilishicha, Tramp Argentina prezidenti Xavyer Miley, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Qoʻshimcha qilinishicha, Amerika yetakchisi BMT Bosh Assambleyasida Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvadan keyin ikkinchi boʻlib maʼruza oʻqiydi.
Shuningdek, Tramp oʻz nutqida AQSHning dunyodagi eng kuchli davlat ekani hamda ikkinchi prezidentlik davri mobaynida erishgan “tarixiy yutuqlari”ni taʼkidlamoqchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring