Tramp: AQSH Lotin Amerikasidagi narkomafiya yer usti obyektlariga zarbalar bera boshlaydi
AQSH qurolli kuchlari yaqin vaqt ichida Lotin Amerikasida narkokartellarga qarshi kurash doirasida yer usti nishonlariga zarbalar yoʻllashni boshlaydi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp maʼlum qilgan.
— Bu odamlar 200 mingdan ortiq insonni oʻldirgan. Amalda, faqat oʻtgan yili 200 mingdan ortiq odamni oʻldirishgan. Bu raqamlar pasaymoqda. Pasayishiga sabab — bizning zarbalarimiz. Endi biz yer usti obyektlariga ham zarba berishni boshlaymiz. Yerda bu ancha oson. Ularning qanday yoʻnalishlarda harakatlanishini bilamiz. Ular haqida hamma narsani bilamiz. Qayerda yashashlarini ham bilamiz. Yovuz odamlar qayerda yashashini bilamiz va tez orada buning ustida ish boshlaymiz, — dedi Tramp.
Shuningdek, Tramp AQSH qurolli kuchlari zarbalarni faqat Venesuela hududidagina emas, balki boshqa davlatlarda ham amalga oshirishi mumkinligini taʼkidladi.
— Eshitishimcha, Kolumbiya kokain ishlab chiqaradi. U yerda kokain ishlab chiqaradigan zavodlar bor, tushunyapsizmi? Keyin ular bu kokainni bizga sotadi. Biz bundan “juda minnatdormiz”. Ha, kim boʻlmasin — shu ish bilan shugʻullanayotgan va uni mamlakatimizga sotayotgan har qanday shaxs zarba ostida boʻladi, — dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring