Tojikistonda ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Koronavirus bu davlatga ham kirib keldimi?
arxiv foto
Dushanbe shahar hokimiyati ommaviy tadbirlar va barcha tantanalarni bekor qilinishini eʼlon qiladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
“Koronavirus (COVID - 19) tarqalishining oldini olish va aholi sogʻligʻini saqlash maqsadida Dushanbe shahrida poytaxt kuniga bagʻishlangan barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilinadi”, deya xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rustam Imomali “Achab Shahri Diloroi Dushanbe” deb nomlangan madaniy-koʻngilochar dasturlar va Dushanbe shahrining barcha istirohat bogʻlarida ommaviy tantanalar oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror chiqargandi.
Shuningdek, shanba kuni mamlakat miqyosidagi oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida turli musobaqalar, sport tadbirlari, shu jumladan futzal musobaqalari oʻtkazilishi rejalashtirilgandi.
Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring