Toshkentga yaroqsiz goʻsht olib kirishga urinish fosh etildi
Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga koʻra, Qashqadaryodan Toshkentga yaroqsiz goʻsht mahsulotlarini olib kirishga urinish holati aniqlandi.
“Sirdaryo” YPX nazorat postida Qashqadaryodan poytaxt yoʻnalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomobil toʻxtatib tekshirildi. Koʻzdan kechirish davomida avtomobil salonidan va yukxonasidan 250 kilogramm goʻsht topilgan. Uni haydovchi hech qanday hujjatlarsiz tashiyotgani aniqlangan.
Oʻtkazilgan ekspertiza natijalari, mazkur goʻsht mahsulotlari isteʼmol uchun yaroqsiz ekanini va inson salomatligiga jiddiy xavf solishini koʻrsatdi.
Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tegishli boʻlimiga yuborilib, qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring