Toshkentda zilzila qayd etildi
Toshkent shahri va viloyatida bugun, 12-mart kuni soat 06:16 da 3 balli zilzila boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila epitsentri Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari: 41,43 gradus shimoliy kenglik; 69,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 19 km shimoliy-gʻarbda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Toshkent tumanida 3 ball, 6 km;
- Olmazor tumanida 3 ball, 10 km;
- Shayxontohur tumanida 2-3 ball, 15 km;
- Uchtepa tumanida 2-3 ball, 16 km;
- Chilonzor tumanida 2-3 ball, 17 km;
- Mirzo Ulugʻbek tumanida 2-3 ball, 18 km;
- Yakkasaroy tumanida 2-3 ball, 18 km;
- Mirobod tumanida 2 ball, 19 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 19 km;
- Zangiota tumanida 2 ball, 20 km;
- Yashnobod tumanida 2 ball, 22 km;
- Sergeli tumanida 2 ball, 23 km;
- Bektemir tumanida 2 ball, 26 km;
- Yangi Hayot tumanida 2 ball, 27 km;
- Qibray tumanida 2 ball, 27 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring