Toshkentda tez yordam mashinasi va “Mercedes Benz” toʻqnashdi
Videodan kadr
Toshkent shahrida tez yordam mashinasi va “Mercedes Benz” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 30-oktyabr kuni soat 12:45 larda Yashnobod tumani KRAY koʻchasi (eski ToshMI qarshisida)da sodir boʻlgan. 39 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Mercedes Benz” rusumli transport vositasi 54 yoshli haydovchi boshqaruvidagi tez tibbiy yordam transport vositasi bilan toʻqnashib ketgan.
Mazkur YTH oqibatida ikki nafar fuqaroga jabrlangan, ularga birinchi yordam koʻrsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring