Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun toʻlovlar miqdori tasdiqlandi
Foto: Toshkent shahar transport boshqarmasi
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov kecha, 16-oktyabr kuni “Toshkent shahrida transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, hokimlik va “Toshkent Invest kompaniyasi” AJning transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.
Hujjatda pulli toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdori ham tasdiqlangan. Unga koʻra, parking hududlari 5 ta tarif zonasiga boʻlinadi.

Keltirilishicha, parking transport vositalarini saqlash uchun moʻljallanmagan. U yerda uchinchi shaxslar tomonidan transport vositalarining olib qochilishi va shikastlanishi xavfi avtomobillar egalari zimmasida qoladi.
Ayrim guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat koʻrsatiladi. Shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan ikki gʻildirakli transport vositalari bepul joylashtirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring