Toshkentda Oʻzbekiston arbitraj haftaligi boʻlib oʻtmoqda
Illyustrativ foto
Joriy yilning 19 — 23-sentyabr kunlari Toshkentda Oʻzbekiston arbitraj haftaligi — UzAW 2022 boʻlib oʻtadi.
Tadbirning tashkilotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) hisoblanadi va u Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti koʻmagida oʻtkazilmoqda.
UzAW — bu butun hafta davomida butun dunyodan yetakchi ekspertlar, shu jumladan, arbitrlar hamda yuridik, arbitraj va biznes hamjamiyatlari, xususan, GST LLP, Foley Hoag LLP, Allen&Overy, Praelegal kabi xalqaro kompaniya vakillarini birlashtiruvchi bar qator tadbirlar jamlanmasidir. Tadbir haqida batafsil maʼlumotni haftalik saytidan olish mumkin.
Arbitraj – bu sud muhokamasidagi nizolarni hal qilishning muqobil mexanizmidir. Unda tomonlar nizolarini hal qilish uchun tajriba va koʻnikmaga ega boʻlgan (shu jumladan, texnik, masalan, qurilish boʻyicha nizolar yoki energetika sohasi bilan bogʻliq nizolarda) sudyani (arbitr) tanlashi mumkin. Tomonlar, shuningdek, ish yuritish tilini va amaldagi qonunni tanlashlari mumkin va eng muhimi, arbitraj qarori (sud qaroridan farqli ravishda) 1858-yilda qabul qilingan Nyu-York xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish toʻgʻrisidagi qoidalariga muvofiq Oʻzbekistondan tashqari 169 ta davlatda nizo boʻyicha yutqazgan tomonning aktivlariga nisbatan ijro etilishi mumkin. Shunisi eʼtiborga loyiqki, sud qarorlari uchun bunday xalqaro hujjat mavjud emas. Boshqacha qilib aytganda, tomonlardan biri Oʻzbekistonda oʻz chet ellik kontragentga qarshi sud ishida gʻalaba qozongan taqdirda ham, agar bu xorijiy kontragentning Oʻzbekistonda aktivlari boʻlmasa, Oʻzbekistondan tashqarida ushbu sud qarorini ijro etish amalda mumkin emas. Shuning uchun arbitraj xorijiy element bilan yoki xorijiy investorlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilishning afzal usuli hisoblanadi.
UzAW 2022ning maqsadi ishtirokchilarni nizolarni muqobil hal etishning soʻnggi tendensiyalari, shuningdek, Oʻzbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mintaqaning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardorligini oshirishdan iborat.
UzAW doirasidagi tadbirlarda xalqaro, davlat tashkilotlari va boshqa yirik kompaniyalarning 200 dan ortiq vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Uni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), YEXHTning Oʻzbekistondagi koordinatori ofisi, Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi va Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlar qoʻllab-quvvatlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring