Toshkentda mast holda IIO xodimlariga qarshilik qilgan shaxs qoʻlga olindi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida mast holatda avtomobil boshqargan erkak huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshilik qilib, oʻzini hokimiyatda yuqori lavozimda ishlashini aytib, poʻpisa qilgani aytilgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 25-noyabr kuni soat 23:00 larda Mirobod tumani Chimkent koʻchasida joylashgan oshxona yaqinida sodir boʻlgan. Oshxona ishchilari shu joyda IIV tomonidan oʻrnatilgan “tashvish tugmasi”ni bosib, Mirobod tumani Qoʻriqlash boʻlimiga bir fuqaro mast holda janjal qilayotgani haqida xabar bergan.
Shundan soʻng, soat 23:10 larda tungi xizmatga jalb qilingan tuman Qoʻriqlash boʻlimi tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Bu vaqtda 34 yoshli fuqaro A.A. oshxona oldida mast holatda jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqarolarni tinchligini va jamoat tartibini buzayotgan boʻlgan.
Mazkur fuqaroning huquqbuzarligini bartaraf etish jarayonida, u Qoʻriqlash boʻlimi xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan keskin qarshilik koʻrsatgani sababli, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatilib, fuqaro zararsizlantirilgan va tuman IIO FMBga topshirilgan.
Hozirda, Mirobod tumani IIO FMB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring