Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

22:02 13 Yanvar 2026 Siyosat
94 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini taʼminlash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat koʻrsatgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

“Mardlik” ordeni bilan

Ahmedov Sherzod Hurmatjon oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

Vapayev Sardarbek Rajabbayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

Madiyev Hakim Abdumurat oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

Xudayberganov Xurshid Xamdamovich – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Sayfutdinova Irina Vladimirovna – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni xizmat katta ofitseri

 

“Jasorat” medali bilan

Abdullayev Alishoh Ilhom oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Amonov Nodirjon Ibodilloyevich – Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi katta yoʻriqchi-qutqaruvchisi

Ibragimov Azimjon Siddiq oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Kim Aleksandra Vladimirovna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi batalyoni guruh katta mutaxassisi

Lapasov Muslumbek Sayfulla oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

Muminov Vaxobjon Abduvaliyevich (marhum) – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati katta inspektori

Muhammadov Jasurjon Rasul oʻgʻli (marhum) – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

Suleymanov Ziyodullo Murodillo oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Uzaqov Avazbek Tilavoldiyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Xusainov Inom Taxirovich – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi boshqarma boshligʻi

Shomuratov Mansur Buriyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz katta oʻqituvchisi

Ergashev Amirxon Baxriddinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining oʻrinbosari

Qoʻshanov Mansur Burxon oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Abdimoʻminov Abror Isroilovich – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti guruh inspektori

Aliev Jamshid Valijonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari harbiy qism qorovul boshligʻi

Badalboyev Feruz Yusufovich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi

Boboyev Mirshod Murotovich – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi markaz boshligʻi

Buvayev Turgʻunboy Madaminjonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sud inspeksiyasi rahbari

Joʻrayev Maqsud Tursunboyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh katta yoʻriqchisi

Isakov Sobirjon Qodirovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

Karimov Abdurauf Bobur oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandiri

Kasimov Rustam Gulyamovich – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktori

Mamadaliyeva Sanobar Tursunovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi

Niyozov Avaz Aminovich – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Parpiyev Akmal Norkoʻziyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi

Shukrullayev Murodjon Ilyos oʻgʻli – Toshkent viloyati Toshkent tumani prokurorining oʻrinbosari

Tursunova Gulchehraxon Raximjonovna – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi

Turgʻanboyev Xamidulla Anorboyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Egamberdiyev Xasan Qurolovich – Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Boyovut tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi smena boshligʻi

Ergashev Oybek Gʻofirjon oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi departamenti boʻlim boshligʻi

 

“Shuhrat” medali bilan

Abdusattarov Baxtiyor Abdusamadovich – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Uchtepa tumani boʻlimi davlat ijrochisi

Adilxadjayev Anvarxuja Abdullayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Fargʻona viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Aytmuratov Ruslan Anvar uli – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Jaksimuratov Mirat Maratovich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar boʻlimi boʻlinma boshligʻi

Mirtursunov Xurshid Mirkadirovich – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism vzvod komandiri

Ostonov Mirzoxid Yoriyevich – Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi

Sultonov Asliddin Muxtarovich – Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Xalenov Isaxon Marufjanovich – Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchi-yoʻriqchisi

Eliyev Joxongir Xudoyberdiyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?