Toshkentda boks yulduzlari jam bo‘ldi. Fotoreportaj

11:52 13 Noyabr 2023 Sport
486 0

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Xabaringiz bor, Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning bu yilgi konvensiyasiga poytaxtimiz mezbonlik qilmoqda.  

Yil yakunlanib borar ekan, barcha soha va yo‘nalishlarda bo‘lgani kabi WBC tashkiloti ham o‘zining yillik faoliyati sarhisobi hamda rejalarini muhokama qiladi. O‘tgan yili tashkilotning 60-Konvensiyasi Meksikada o‘tkazilgan va aynan o‘sha tadbirda navbatdagi Konvensiya mezbonligi Toshkent shahriga ishonib topshirilgandi. 

Yilning eng muhim boks tadbirida qatnashish uchun yurtimizga yuzdan ziyod mamlakatdan delegatlar keldi. O‘zbekistonda WBC tashkil etilganligining 60 yilligi ham nishonlanadi. Shu kungacha Konvensiya Meksikadan tashqari AQSH, Yevropa mamlakatlarida tashkil etilgan. MDH mamlakatlari orasida Boku (Ozarbayjon) va Moskva (Rossiya) shaharlari ham ushbu tadbirga mezbonlik qilgan. Osiyo davlatlari orasida Tailand, Yaponiya ham WBC konvensiyasini qabul qilgan.
 
WBC 61-konvensiyasi kun tartibidan ta’lim, doping, hakamlik, xalqaro munosabatlar, boks qoidalari, reytinglar, chempionlik kamarlari, xayriya va jamoat tashabbuslari kabi bir nechta masalalar bo‘yicha yig‘ishlar o‘tkazilishi o‘rin olgan. Bugun soat 10:00da poytaxtmizdagi "Hilton" mehmonxonasida Konvensiya o‘z ishini boshladi. Tadbir yakunlanishi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani ham o‘tkaziladi. 

Tadbirda ishtirok etgan "Xalq so‘zi" muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер