Toshkentda avtobuslarda 4 mingdan ortiq yoʻlovchi chiptasiz yurgani aniqlandi
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
Joriy yil boshidan beri Toshkentda 4 000 nafardan ortiq yoʻlovchi avtobuslarda chiptasiz yurgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Transport sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent shahar jamoat transportini monitoring qilish va nazorat qilish davlat muassasasi bilan hamkorlikda avtobuslarda chiptasiz yurish holatlarini aniqlash boʻyicha reyd tadbirlarini muntazam oʻtkazmoqda.
2025-yil boshidan beri oʻtkazilgan reydlar davomida 4 090 nafar fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Maʼlumot uchun, shahar va shahar atrofi avtobuslarida chiptasiz yurganlik Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasiga asosan jazolanadi. Unga koʻra, bunday holat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1/10 qismi miqdorida jarima belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring