Toshkentda 40 yoshli erkakning jasadi topildi

17:23 01 Iyul 2024 Jamiyat
417 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahrida koʻchalarning birida erkak jasadi topildi. Bu haqdaXalq soʻziga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 1-iyul kuni soat 06:03 larda Bektemir tumani Bektemir mahallasida gazon ustida nomaʼlum erkakning qonga belangan jasadi yotgani haqida poytaxt IIBBga xabar kelib tushgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jasad Samarqand shahrida doimiy roʻyxatda turuvchi, 1984-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli ekani aniqlangan.

Dastlabki xulosaga koʻra, murdaning ikkala qoʻlining bilak qismlarida, boʻyin qismida hamda chap oyogʻi son qismida kesilgan jarohatlari aniqlangan. Xulosada shuningdek, erkak ushbu tan-jarohatlarni oʻziga oʻzi yetkazgan boʻlishi mumkinligi ehtimoldan holi emasligi ham koʻrsatib oʻtilgan. Voqea joyida olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jasad yotgan joydan 1 dona “lezviyaqon dogʻlari bilan topilib, rasmiylashtirib olingan.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirgi vaqtda mazkur holat boʻyicha voqea sodir etilgan joyi va atrofidagi videokuzatuv moslamalari oʻrganib chiqilgan. Unga koʻra, oq rangliNexiahaydovchisi (kirakash), vaqtincha Bektemir tumanida yashovchi 23 yoshli qashqadaryolik fuqaro bilan suhbat olib borilgan.

Unda, “Nexiahaydovchisi marhum spirtli ichimlik isteʼmol qilgani hamda oʻz joniga qasd qilmoqchi ekanini aytgani, soʻng oʻziga oʻzi “lezviya”da tan jarohati yetkazgani, avtomashina qon boʻlgani sababli uni tushirib yuborganini maʼlum qilgan.

Marhum toʻgʻrisida uning yaqin aloqalari, yashash manzili va faoliyat turini aniqlash maqsadida tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi prokuratura xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?