Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 420 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

18:42 10 Iyul 2025 Jamiyat
241 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatidagi 4 gektar boʻsh yer maydonini 420 000 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.A. va A.S. fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi 4 gektar boʻsh yer maydonini 420 000 AQSH dollariga sotishini va yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali kottej qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 90 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi boshqa bir holatda, Departamentning Toyloq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.N. va Sh.M. kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali 80 000 AQSH dollari evaziga Urgut tumanidagi “B.B.” fermer xoʻjaligining 1,5 gektar yer maydonini fuqaro A.O.ning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 20 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq maktab qurilishi uchun ajratilgan yerni pullamoqchi boʻlgan mansabdorlar qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik. Ulardan biri Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Maxmud Xolbutayev boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер