Toshkent viloyatida yuk avtomobili va «Lasetti» yonib ketdi
Joriy yilning 10-may kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Ubayda” MFY hududidan oʻtgan R 4 va A 373 avtomobil yoʻli kesishgan chorrahasida, haydovchi 2000-yilda tugʻilgan O.T. boshqaruvidagi «MAN“ rusumli hamda haydovchi, 1988-yilda tugʻilgan X.Yu. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomobil va haydovchi 1999-yilda tugʻilgan M.T. boshqaruvida boʻlgan «Kamaz» rusumli yuk avtomobillari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
YHXBBning xabar berishicha, toʻqnashuv natijasida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin bartaraf etilgan. Transport vositalariga zarar yetgan.
Toʻqnashuv natijasida haydovchilar X.Yu hamda M.T. tan jarohatlari olib shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring