Toshkent viloyatida qariyb 5 kilogramm giyohvandlik vositasi aylanmasi toʻxtatib qolindi
Toshkent viloyatida qariyb 5 kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotik modda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan oʻtuvchi Toshkent katta xalqa avtomobil yoʻliga yaqin boʻlgan xufiya joyga muqaddam narkokureʼrlar tomonidan qoldirib ketilgan, jami 10 dona oʻramdagi 4 kilogramm 956 gramm “opiy” moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu ajal ogʻusi egalarining shaxsini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Taʼkidlash lozimki, bu turdagi giyohvandlik vositalari mamlakatimizga xorijdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelinadi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring