Toshkent viloyatida 12,3 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
Foto: DXX
Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda DXX xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, zangiotalik 1978-yilda tugʻilgan fuqaro A.A.ning yashash xonadonidan 5 kilogramm hamda Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1974-yilda tugʻilgan D.A.ning uyidan esa 2 kilogramm 326 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi olingan.
Aniqlanishicha, har ikki qonunbuzar ham narkotik moddani yashash xonadonlarida yetishtirib, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelishgan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Boshqa holatda esa Rossiyadan olib kelinayotgan giyohvandlik vositasi DXX hamda Bojxona qoʻmitasi xodimlari saʼy-harakati bilan toʻxtatib qolingan.
Jumladan, Toshkent tumanidagi “Navoiy” chegara bojxona postiga Qozogʻistondan kirib kelgan – Toshkent shahrida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan A.A. hamda Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan M.A.ga tegishli 2 dona reduktor tekshirilganda, uning ichida 4 kilogramm 965 gramm “Klefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkent shahrida ushbu ajal ogʻusini qabul qilib olgan, ularning yana 3 nafar sheriklari E.B., I.I. va O.J. ham qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, narkotik modda turli messenjerlar orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi tomonidan yuborilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring