Toshkent moliya instituti va Qatarning Hamad bin Xalifa universiteti oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama etildi

20:04 18 Oktyabr 2023 Jamiyat
580 0

Foto: TMI axborot xizmati

2023-yilning 18-oktyabr kuni Toshkent moliya institutiga “InnoWeek.uz–2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Qatarning Hamad bin Xalifa universitetining “Innovatsiyalar va sanoat aloqalari ofisi” direktori Nadir Yildirim tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida institut rektori T. Teshabayev va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor N. Oblomuradov bilan muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qatar davlatiga tashrifi doirasida ikki mamlakatning ilmiy va taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan innovatsion hamkorlik, ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish hamda ilmiy grant loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muloqotda yoshlarning biznes loyihalari va innovatsion startaplarni rivojlantirish yoʻllari va mexanizmlari muhokama etildi, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda innovatsiyalarni ragʻbatlantirish ekotizimini yanada rivojlantirish yoʻllari belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?