Toshkent bozorlarida arzonlashtirilgan narxlarda goʻsht sotila boshlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahrida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar natijasida oziq-ovqat mahsulotlari narxining fuqarolar uchun sezilarli darajada oʻzgarishiga erishildi. Bunga bugun, 3-avgustdan boshlab poytaxtning aholisi va mehmonlari goʻsht va goʻsht mahsulotlari misolida bunga shaxsan amin boʻlishlari mumkin, deb xabar bermoqda shahar hokimligi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi bozorlarda goʻsht mahsulotlari savdo shoxobchalari koʻpaytirildi va kengaytirilgan, bu esa xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratadi. Natijada poytaxtning beshta yirik bozorida goʻsht narxi allaqachon pasaygan.

“Aviasozlar”, “Farhod”, “Eski Joʻva”, “Yunusobod” va “Qoʻyliq” oziq-ovqat bozorlarida ilgari 624 ta goʻsht mahsulotlari savdo rastalari faoliyat koʻrsatgan. Bugun qoʻshimcha ravishda yana 84 ta rasta (+13,5% foiz) tashkil etildi. Natijada savdo nuqtalarining umumiy soni 708 taga yetdi.
3-avgust holatiga koʻra, shahar bozorlariga 78,9 tonna goʻsht yetkazib berilgan. Shundan 21,8 tonnasi (umumiy hajmning 27,6 %) savdo rastalariga joylashtirilgan qoʻshimcha hajmni tashkil etadi.

Taqsimot quyidagicha:
- “Aviasozlar” – 3,1 tonna (14,2 foiz);
- “Farhod” – 5,6 tonna (25,7 foiz);
- “Eski Juva” – 6,0 tonna (27,5 foiz);
- “Yunusobod” – 3,2 tonna (14,7 foiz);
- “Qoʻyliq” – 4,0 tonna (18,3 foiz).
Ushbu rastalarda goʻsht arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda:
- mol goʻshti (mahalliy) – 85 000 soʻm;
- mol goʻshti (Belarus) – 70 000 soʻm;
- qoʻy goʻshti (mahalliy) – 90 000 soʻm;
- muzlatilgan goʻsht – 65 000 soʻm.
Taʼkidlanishicha, shu tariqa narxlar barqarorlashtirilgan. “Bu yoʻnalishdagi ishlar tinimsiz davom ettirilmoqda”, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring