Toʻrtta viloyatda noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan joriy yilning mart oyida hududlar kesimida davlat xaridlarida 5,6 milliard soʻmlik qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularning oldi olindi.
Bunda Surxondaryoda Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tomonidan umumiy qiymati 2,6 milliard soʻmlik, Xiva shahar “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1,4 milliard soʻmlik va “Xiva milliy non” MCHJ tomonidan 200 million soʻmga yaqin davlat xaridida qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida “Geoinnovatsiya markazi” tomonidan 800 million soʻmlik va Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport maktabida 600 million soʻmlik xarid jarayonida ham qonunga zid harakatlar aniqlangan.
Natijada, buyurtmachilarga nisbatan Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda ishlar qoʻzgʻatildi, shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatmalar berildi va masʼullarga tegishli choralar koʻrildi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring