Toʻrt oyda oʻzbekistonliklar 3 million AQSH dollarlik olma eksport qildi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga umumiy qiymati 3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 4 ming 727 tonna olma eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotlarda keltirilgan.
Davlatlar kesimida eng koʻp olma eksport qilingan davlat Rossiya boʻlib, bu davlatga jami 2 840 tonna mahsulot yetkazib berilgan. Ikkinchi oʻrinda esa 1 564 tonna bilan Qozogʻiston qayd etilgan. Bu ikki mamlakat umumiy eksport hajmining katta qismini tashkil etadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston ushbu davr mobaynida Turkmanistonga 167 tonna, Qirgʻiz Respublikasiga esa 102 tonna olma eksport qilgan. Boshqa davlatlarga yetkazib berilgan olma hajmi esa 54 tonnani tashkil qilgan.
Mazkur natijalar Oʻzbekiston meva-sabzavot eksportida olma mahsuloti boʻyicha ham faol ishtirok etayotganini koʻrsatadi. Eksport geografiyasining kengayib borayotgani va yangi bozorlarga chiqish tendensiyasi milliy iqtisodiyot eksport salohiyatining oshib borayotganidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring