“Tolibon” Afgʻonistondagi qizlar ham tez orada maktab borishiga vaʼda berdi
“Tolibon” yaqinda Afgʻonistondagi qizlarni oʻrta maktablarga borishga ruxsat berishini vaʼda qilmoqda. Bu haqda TASS UNIСEF ijrochi direktori oʻrinbosari Umar Abdi bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Abdining aytishicha, “Tolibon” tayinlagan taʼlim vaziri unga toliblar barcha qizlarga oltinchi sinfdan keyin oʻqishni davom ettirishlari uchun ruxsat berish ustida ishlayotgani, yaqin orada buning aniq tartibi maʼlum qilinishini aytgan.
“Siz bilan gaplashayotganimda, oʻrta maktab yoshidagi millionlab qizlar ketma-ket 27 kuni taʼlim olmadilar. Biz kutgan har bir kun, maktabga bormaydigan qizlar uchun yoʻqotilgan kundir”, - deydi Umar Abdi.
Abdi, shuningdek, Afgʻonistonning 34 viloyatining beshtasi - Balx, Juzjon, Samangоn, Qunduz va Uruzgʻon allaqachon qizlarga oʻrta maktabda oʻqishga ruxsat berganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring