TIQXMMI oʻzining dunyo universitetlari reytingidagi ikkinchi natijasiga erishdi
Times Higher Education reyting agentligi tomonidan 2020-yil 22-aprel kuni dunyo universitetlari reytingi –“University Impact Ranking-2020” natijalari eʼlon qilindi. Mazkur reytingda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “clean water and sanitation”, “life on land” yoʻnalishlari boʻyicha dunyo universitetlarining umumiy reytingida 201+ oʻrinni qayd etdi.

Eʼtirof etilishicha, TIQXMMI hozirda Oʻzbekiston tarixida ikkita yirik THE va QS reyting agentliklari tomonidan tan olingan yagona oliy taʼlim muassasasi hisoblanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning 14-15-oktyabr kunlari Litvaning Kaunas shahrida “QS in Conversation” sammitida “Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo” (Emerging Europe and Central Asia –EECA) reytingi eʼlon qilingan. Unda mamlakatimizda birinchi boʻlib Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 301+ oʻrin qayd etgan.
Roʻzimurod Choriyev, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent,
Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti matbuot xizmati rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring