Terrorizm va ekstremizmning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Doha shahrida “Terrorizm hamda terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizmga nisbatan Milliy harakatlar rejalarini amalga oshirishda parlamentarizmning roli” mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Shuhrat Sharafutdinov, Kozim Tojiyevlar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi Sh.Sharafutdinov milliy harakatlar rejalarini realizatsiya qilish samaradorligini oshirish boʻyicha maʼruza bilan chiqish qildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari xalqaro tadbir doirasida Qatar davlati Shura Kengashining Spikeri oʻrinbosari Xamda bint Xasan al-Sulaiti xonim bilan uchrashdi. Xamda xonim Qatar davlatining parlamenti haqida maʼlumot berdi. Qatar parlamenti birinchi bor saylovlar orqali shakllantirilganligi aytib oʻtdi. Shuningdek, keyingi yillarda Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy sohalarda ulkan marralarga erishilayotganligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga Qonunchilik palatasi deputatlari BMT terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi direktori oʻrinbosari Mauro Miyediko hamda Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) vakilasi Asuman Erdogan bilan ham uchrashdi. Unda parlamentlar oʻrtasidagi, shu jumladan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash umumiy harakatlarning poydevori ekanligi aytib oʻtildi.
Shuningdek, 2022-yilning mart oyida Toshkent shahrida BMTning global antiterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasi qabul qilinganligining 10 yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtishi va Oʻzbekiston xalqaro terrorizmga qarshi faol kurashayotgan davlatlardan biri ekanligi taʼkidlandi.
Xalqaro anjumanda terrorizm va ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring