Tegishli hujjatlari boʻlmagan 1,1 milliard soʻmlik energetik va alkogol mahsulotlarini savdosining oldi olindi

16:49 17 Iyun 2025 Jamiyat
286 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiya hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda “E.D.”, “D.S.”, va “V.N.” MCHJ masʼul shaxslari savdo shoxobchalarida yaroqlilik muddati oʻtgan energetik ichimliklar hamda tegishli hujjatlari boʻlmagan alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, “QR kod” markirovkalarining nusxasidan takror foydalanib kelganliklari fosh qilinib, umumiy bahosi 1,1 milliard soʻmlik energetik va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?