Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilayotgan BRIKSning X parlament forumi maydonida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi.
Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos – doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.
Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat hududlari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish uchun parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan faol foydalanish zarurligiga urgʻu berildi.
Tomonlar xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, xususan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo ittifoq doirasidagi hamkorlikni faol davom ettirish yuzasidan yakdil fikr bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring