Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi

2025-yil 2-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv chogʻida elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyati sarhisob qilinib, uning soʻnggi toʻrt yil davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi alohida eʼtirof etildi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlik, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishda muhim omil boʻlib xizmat qilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, parlamentlar oʻzaro muloqotni kuchaytirishda tobora muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya xalqlarining manfaatlari yoʻlida konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish borasida kelishib oldilar. Mazkur uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring