Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi
Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada “Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi”da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Uning qoʻshiqlari Kumush Razzoqova, Kozim Qayumov, Mavluda Oynaqulova, Aʼlo Rahimova, Raʼno Boʻronova kabi mashhur sanʼatkorlar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan.
Koʻp yillar davomida sanʼatning estrada va kompozitorlik sohasida faoliyat yuritgan va ushbu sanʼatni rivojlantirishda fidokorona xizmat qilgan Omonullayeva “Doʻstlik” ordeni, “Ofarin” mukofoti, shuningdek, “Madaniyat va sanʼat fidokori” hamda I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring