Ta’lim sifatini oshirishda mahalliy vakillik organlari ishtiroki muhokama qilindi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan «Ta’lim sohasini rivojlantirish, uning sifatini oshirish ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishda vakillik organlarining roli» mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda qo‘mita a’zolari va ekspertlar, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi xodimlari, mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari a’zolari, maktabgacha va maktab ta’limi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, mamlakatda so‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari kengaytirilib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabi masalalarda ularning faol ishtiroki ta’minlanmoqda. Xususan, mahalliy hokimlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hisobotlari har chorakda xalq deputatlari Kengashlarida eshitilishi amaliyoti joriy etilgan.
Seminarda ta’lim sifati ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishda mahalliy Kengash deputatlari e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar belgilab berildi. Jumladan, ta’lim muassasalaridagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, moddiy-texnika bazani mustahkamlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Shu bilan birga, senatorlar mahalliy Kengash deputatlariga Senatga kelib tushayotgan fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun loyihalarini muhokama qilishda faol ishtirok etish, amaliy takliflar tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Mazkur seminar ta’lim sohasidagi muammolarni yechishda va uning sifatini oshirishda mahalliy vakillik organlari faolligini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring