Tadbirkorlar quyosh energiyasi orqali daromad olmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Tadbirkor insonlar har bir narsadan omilkorlik bilan foydalanishga harakat qiladi. Jumladan, quyosh energiyasidan ham. “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”da joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Sam elektro servis” qoʻshma korxonasi hududiga 800 kVt/soat quvvatli quyosh panellari oʻrnatilgan. Ushbu quyosh elektr panellari bir kunda 4,5 ming kVt va bir oyda 120 ming kVt elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda. Bu korxonaning elektrga boʻlgan ehtiyojini 75 foizini qoplamoqda.
— Samarqandda “yashil energiya”dan foydalanish koʻlamini kengaytirish, mavjud energiya resurslarini tejash, ayniqsa, quyosh panellari oʻrnatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali boshligʻi Eldor Mamasoliyev. — Oʻtgan yillarda 1014 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralariga 17 MVt quyosh panellari, 634,4 ming litr hajmdagi geliokollektorlar oʻrnatildi. Shuningdek, 1036 ta tadbirkorlik subyektida 46,6 MVt, 7614 aholi xonadonlarida umumiy quvvati 23,1 MVt boʻlgan quvvatli quyosh panellari va geliokollektorlar joylashtirildi. Joriy yilda 7614 ta aholi xonadonida 23,12 MVt quvvatli quyosh panellari, 110,8 litr geliokollektor oʻrnatish rejalashtirilgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2023-yil 1-apreldan umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran 3 yil muddatga, oʻrnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa – 10 yil muddatga ushbu qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻini, qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini, yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring