Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

14:28 29 Yanvar 2024 Jamiyat
251 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻozgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.S.” MCHJ masʼul shaxslari toshni qayta ishlash zavodining elektr transformatoriga qasddan tashqi taʼsir oʻtkazib, 667,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YTT “Q.J.” umumiy ovqatlanish shoxobchasini elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 306,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.T.” va “N.” MCHJ rahbarlari hech qanday hujjatsiz umumiy ovqatlanish oshxonasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 260,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. dala hovlisini toʻgʻridan-toʻgʻri elektr hisoblagichdan tashqari oʻgʻirlik yoʻli bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 241,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YTT “B.А.” va fuqaro J.B. novvoyxona va bilyardxona binosini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, 185,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro J.Х. oʻzi yashab turgan uy tomorqasidagi issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida gaz tarmogʻiga ulab, jami 177,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?