Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

14:49 30 Dekabr 2025 Siyosat
165 0

30-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qatʼiy qoraladi.

Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan saʼy-harakatlarga tahdid solishi taʼkidlandi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, boʻlajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Suhbat yakunida yetakchilar kirib kelayotgan yangi – 2026-yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?