Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni Yangi yil bilan qutladi

17:33 29 Dekabr 2025 Siyosat
204 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida mamlakatimiz yetakchisi va Qozogʻistonning birinchi Prezidenti yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, qardosh mamlakatlarimiz xalqlariga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga chiqqani, shuningdek, koʻp qirrali hamkorlik barcha ustuvor sohalarda izchil rivojlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?