Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi

13:46 27 Dekabr 2025 Iqtisodiyot
171 0

Oʻzbekistonda 2026-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar elektron toʻlovlarni qabul qilish uchun maxsus QR-kodlardan foydalanishi shart boʻladi.

Tegishli oʻzgarishlarga koʻra, YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mijozlarga toʻlovni yagona grafik kod — QR-kod orqali amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi lozim. Ushbu kodlar toʻlov tashkilotlarining rasmiy raqamli platformalari asosida yaratilishi kerak.

QR-kod mavjud boʻlmasligi nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob terminallaridan foydalanmaslikka tenglashtiriladi.

Soliq kodeksining 221-moddasiga kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq, ushbu talabni buzganlik uchun 5 million soʻm miqdorida jarima qoʻllaniladi.

Boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan QR-kodlardan foydalanish esa 20 million soʻm miqdorida jarimaga sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?