Surxondaryoda qaynonasini kaltaklagan erkakka hukm oʻqildi
Surxondaryo viloyatida qaynonasini kaltaklagan shaxs 9 oyga qamaldi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro oʻz uyida ikki xotini bilan yashagan. Turmush oʻrtoqlari oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlgan. Erkak yana birinchi xotini, onasi va ikki singlisi bilan janjallashdi. Oʻzaro janjal chogʻida qaynonasiga qasddan urib, uning tanasiga shikast yetkazgan.
Sud majlisida u turmush oʻrtogʻi va uning oila aʼzolari onasiga nisbatan haqoratomuz soʻzlar ishlatganini va shuning uchun ham shunday qilganini aytdi.
Shuningdek, u turmush oʻrtogʻi kasal boʻlgani uchun uning roziligi bilan shariat asosida boshqa ayolga uylangani, xotinning qarindoshlari buni qabul qila olmay, janjalga sabab boʻlganini ham aytib oʻtgan.
Sud qarori bilan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring