Surxondaryoda 30 ming kub metrlik suv infratuzilmasi barpo etilmoqda
Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini tubdan yaxshilashga qaratilgan “Toʻpalang–Termiz” mega loyihasining ikkinchi bosqichi izchil davom etmoqda. Mazkur loyiha aholini toza va barqaror ichimlik suvi bilan taʼminlash qamrovini keskin oshirayotgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Loyihaning birinchi bosqichi doirasida Sariosiyo, Denov, Shoʻrchi va Qumqoʻrgʻon tumanlaridagi 35 ta mahallada yashovchi qariyb 135 ming nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi tarmogʻiga ulangan edi.
Ikkinchi bosqich esa Oltinsoy va Bandixon tumanlari uchun yangi imkoniyatlar yaratdi — 33 ta mahallada 86,4 ming nafar aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Shu bilan birga, “Toʻpalang” magistralidan qoʻshimcha 200 metr quvur tortilib, “Xoʻjaipok” tarmogʻiga ulangani orqali Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor va Muzrabot tumanlaridagi 69 ta mahallada yashovchi 193 ming nafar aholi uchun suv taʼminoti sezilarli darajada yaxshilandi.

Ayni paytda Jarqoʻrgʻon tumani Qoʻshtepa mahallasidan Termiz shahri va Termiz tumani aholisiga moʻljallangan 10 ming kub metr sigʻimli suv saqlash inshooti qurilishi yakunlandi. Hududda yana ikki yirik suv ombori barpo etilmoqda. Ularning ishga tushirilishi natijasida Angor va Jarqoʻrgʻon tumanlari toʻliq markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Jami 2 gektar maydonda bunyod etilayotgan ushbu uchta zamonaviy inshoot 30 ming kub metr suv zaxirasini shakllantirish imkonini yaratadi. Hozirda barcha qurilish-montaj ishlari jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.
“Toʻpalang–Termiz” mega loyihasi Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminoti tizimini yangi bosqichga koʻtarib, aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring