Soliq qoʻmitasi raisi sotuvchidan QR kodli chek talab qilgan bola bilan uchrashdi
Foto: Soliq qoʻmitasi
Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonlarning birida sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgan edi. Soliq qoʻmitasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, qoʻmita raisi Sherzod Kudbiyev jabrlanuvchi bola bilan uchrashib, unga minnatdorchilik bildirgan.
Qayd etilishicha, qoʻmita rahbari 12 yoshli Shahbozni talabchanligini alohida taʼkidlagan va uning harakatini “oldingizda butun soliq markaziy apparati tikka tursa arziydi” deya baholagan.
Sherzod Kudbiyev bolaning ota-onasiga minnatdorchilik bildirib, u doʻkonda chek soʻraganida hammasini toʻgʻri qilganini aytgan.
“Chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas. Chek soʻraganingni orqasida Sirdaryoda bogʻcha, maktab, yoʻl, oylik, byudjet bor. Buning ortida katta narsalar turibdi. Shahboz, senga katta rahmat”, degan u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring