Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot toʻlangani ochiqlandi

18:37 23 Dekabr 2025 Iqtisodiyot
458 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda joriy yil yil boshidan beri soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga jami 24,1 mlrd soʻm mukofot toʻlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, 2025-yilning yanvar noyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 103 180 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

• 93 141 tasi xarid cheki bermaslik;

• 3 847 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

• 215 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

• 5 977 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 51 541 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli koʻrib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 44 196 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98,9% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan. Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 44 413 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 30,7 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?