Tramp Epshteyn ishi boʻyicha hujjatlar eʼlon qilingani fonida demokratlarni “oxirgi Rojdestvo” bilan qoʻrqitdi

11:35 27 Dekabr 2025 Dunyo
165 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya aʼzolarini ogohlantirib, Epshteyn ishi boʻyicha fayllar chop etilishi munosabati bilan joriy Rojdestvo ular uchun oxirgisi boʻlishi mumkinligini aytdi.

“Bu omadsizlar yana oʻz ishiga qoʻl urdi. Faqat bu safar ularning koʻplab doʻstlari — asosan aybsizlar — jiddiy jabr koʻradi va obroʻsiga putur yetadi. Afsuski, demokratlarning korrupsiyalashgan siyosati shunday. Bahramand boʻling, ehtimol, bu sizlar uchun oxirgi Rojdestvodir”, — deb yozdi AQSH rahbari Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Respublikachining taʼkidlashicha, demokratlar “Djeffri Epshteyn mojarosiga aloqadorligi oshkor etilganda koʻp narsani izohlashga toʻgʻri keladi”, shu bilan birga Trampning moliyachining jinoyatlariga daxli borligi haqidagi daʼvolar yolgʻon ekani maʼlum boʻladi.

Oʻtgan hafta AQSH Adliya vazirligi Epshteynga oid minglab hujjatlar va fotosuratlarni eʼlon qildi. Ularning ayrimlari katta darajada qoralab (retush qilingan holda) berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?