Putin Gʻarbning boʻlinishidan xursand — Manfred Veber
Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Veber Ukraina hududida Yevropa harbiylarini joylashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Uning taʼkidlashicha, agar Yevropa tinchlikparvarlik missiyasi haqida jiddiy mulohaza yuritishni boshlasa, Germaniya bu jarayondan chetda qolmasligi kerak.
“Men Ukrainada tinchlik oʻrnatilish jarayonida Yevropa bayrogʻi ostida xizmat qilayotgan askarlarni koʻrishni istayman”, — dedi Manfred Veber.
Siyosatchi, shuningdek, Ukrainada tinchlikni taʼminlash jarayonida faqat AQSH harbiylarining ishtirok etishiga tayanib qolishni tanqid qildi. Uning fikricha, agar Donald Tramp tinchlikni faqat harbiy kuch orqali taʼminlash mumkin, deb hisoblasa, bu yetarli va barqaror yechim emas.
Shu bilan birga, Veber Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tinchlikka tayyor emasligini alohida qayd etdi. “Putin Kremlda oʻtirib, Gʻarb davlatlari oʻrtasidagi bahslar va boʻlinishdan mamnun”, — deya taʼkidladi u.
Eslatib oʻtamiz, Manfred Veber rahbarlik qilayotgan Yevropa xalq partiyasi Yevropa parlamentidagi eng yirik va taʼsirchan siyosiy kuch hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring