Soʻxda ilk bor buyrak koʻchirish amaliyoti oʻtkazildi

11:42 25 Iyun 2025 Jamiyat
87 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 11 ta ambulator-poliklinika, yangi tashkil etilgan oilaviy shifoxonalar va tibbiyot punkti orqali xizmat koʻrsatilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi.

Fargʻona viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari bir oy muddatga Soʻxga yuborilib, 800 ga yaqin bemor tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Eng muhimi, tumanda ilk bor buyrak koʻchirish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Jarrohlikda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

— Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida tumandagi 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasida qariyb 800 nafar bemor tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi hamda muolajalar amalga oshirildi, — deydi Fargʻona viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Odiljon Umarov. — Eng muhimi, tuman tibbiyot birlashmasi tarixida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

Bundan tashqari, buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekuvchi bemorlar uchun markaziy shifoxonada 3 ta gemodializ apparati oʻrnatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?