Sobiq politsiyachi oʻnlab ayollarni oʻldirib, oʻz hovlisiga koʻmib kelgan
Salvadorda sobiq politsiyachi oʻnlab ayollarni oʻldirib, ularning jasadlarini oʻz hovlisiga koʻmib kelgani maʼlum boʻldi.
Buyuk Britaniyaning “The Guardian” gazetasining yozishicha, 51 yoshli Ugo Ernesto Osorio Chaves may oyida bir ayol va uning qizini oʻldirishda ayblanib hibsga olingan edi. Oldinroq, u jinsiy zoʻravonlikda ham gumon qilingan.
Osorio Chavesning uyida olib borilgan tintuvlar davomida ayollarning jasadlari koʻmilgan yettita oʻrani topilgan. Ulardan 24 ayolning jasadi olib chiqilgan. Huquq-tartibot idoralari Chavesning qurbonlari jami 40 kishiga yetishi mumkinligi bildirgan.
Prokuratura ushbu ishga aloqasi borligi gumon qilinib yana toʻqqiz kishini hibsga olishga order berdi. Ular orasida sobiq politsiya va armiya zobitlari bor. Tergov maʼlumotlariga koʻra, ular qotilning sheriklari boʻlishi mumkin va unga qurbonlarini jalb qilishda yordam berishgan.
Qotilning uyi yonida oʻnlab odamlar toʻplangan. Ular bedarak yoʻqolganlar yaqinlari Chavesning qurbonlari orasida boʻlishi mumkin, deb oʻylashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring