“Sizlar meni asray olmadingiz…” Avtohalokat qurboni boʻlgan qizaloq tilidan kattalarga xat!

Foto: Illustrativ
Bugun men oʻldim. Hech qanday bomba portlamayotgan, urush boʻlmayotgan, osmoni musaffo yurtda meni hayotimdan juda etishdi. Shunchaki, yoʻldan, piyodalar yoʻlakchasidan, oʻtayotgan edim.
Mashina meni bosib oʻtar ekan, juda qattiq ogʻriq sezdim. Lekin men kabi yoʻllarda mashinalar tagida qolib ketayotgan boshqa bolalarni oʻylaganimda jamiyatning kasali, uning ogʻrigʻi bundan kuchliroq boʻlsa kerak deb oʻyladim.
Afsuslanadiganim bugun onajonim menga manti pishirib bermoqchi edilar. Men ham ularga yordamlashib, mana hozir suyaklari maydalanib ketgan qoʻlchalarim bilan dadajonim kelishiga manti tugib bermoqchi edim.
Endi men onajonimni quchoqlay olmayman. Endi dadajonim qoʻllari bilan sochimni silab: “Ona qizim, seni yaxshi koʻraman” deganlarini his qila olmayman. Axir men shunchaki yoʻldan oʻtmoqchi edim.
Katta boʻlsam, huquqshunos boʻlmoqchi edim. Odamlarni, ukalarimni himoya qilmoqchi edim. Ammo hali kichkina edim, meni katta boʻlgunimcha himoya qilishlaringiz kerak edi. Axir men odamlarni katta boʻlib himoya qilmoqchi edim. Hali oʻzimni himoya qilishga yoshlik qilardim.
Meni bosib ketgan amakini qamashadi. Farzandlari koʻrgani borib turadi. Amaki bolalarini bagʻriga bosa oladi. Mening dadajon, mening onajonim esa mening ezilib ketgan sovuq tanamni sovuq tuproqqa qoʻyib kelishadi.
Men ham ular bilan ketishni istardim. Bu yer juda sovuq.
Dadajon, kechqurun ustim ochilib qolganda oʻzingiz choyshabimni yopib qoʻyardingizku. Hozir ham ustimni yopib qoʻying.
Sanjar SHOMURODOV, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring